👣 Irlandiyalik erkak Istanbuldan Irlandiyagacha yalangoyoq yurib, rekord o‘rnatdi

👣 Irlandiyalik erkak Istanbuldan Irlandiyagacha yalangoyoq yurib, rekord o‘rnatdi
  • 2
  • 15.09.2026 14:39:00
  • 1 daq o'qish

34 yoshli irlandiyalik Imon Kiveni Istanbuldan Irlandiyagacha 6 805,83 kilometr masofani yalangoyoq bosib o‘tib, Ginnes rekordini o‘rnatdi.

Uning sayohati 369 kun davom etgan. Kiveni Turkiyadan tashqari Bolgariya, Ruminiya, Vengriya, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Uels orqali yo‘l bosgan.

Kiveni avval ham yalangoyoq yurish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. 2016-yilda u Irlandiya bo‘ylab 2 080 kilometr masofani oyoq kiyimsiz bosib o‘tgan. Shuningdek, u 2023-yilda bir g‘ildirakli velosipedda Irlandiyani 5 kun 5 soat 23 daqiqada kesib o‘tib, erkaklar o‘rtasida rekord o‘rnatgan.

 

 

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News