
- 0
- 02.03.2026 08:13:00
- 1 daq o'qish
Eron AQSH va Isroilning hujumlariga javoban mintaqadagi nishonlarga zarbalarni kuchaytirdi. Xalqaro axborot agentliklari ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan yo‘llangan raketa va dronlar Fors ko‘rfazi hududlarida qayd etilgan.
Xabarlarda Dubay osmonida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushdi, Dubay xalqaro aeroportida portlashlar kuzatildi. Shuningdek, Tel-Aviv yo‘nalishida ham zarbalar qayd etilgani bildirilgan. Qatar, Bahrayn va Kuvayt hududlarida ham ogohlantirishlar berilgan. Rasmiy manbalar qurbonlar va yetkazilgan zarar bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni hozircha e’lon qilmagan.
Vaziyat mintaqada keskinligicha qolmoqda.