
- 0
- 27.03.2026 16:44:00
- 1 daq o'qish
26 mart kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ayollar sportiga oid yangi siyosatni qabul qildi. Unga ko‘ra, transgender ayollar endilikda Olimpiya o‘yinlarida ayollar toifasida ishtirok eta olmaydi.
Qo‘mita bayonotiga ko‘ra, ayollar musobaqalarida qatnashish faqat biologik ayollar bilan cheklanadi. Ishtirok etish huquqi SRY geni bo‘yicha maxsus test orqali aniqlanadi. Mazkur qaror 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasi oldidan qabul qilinib, ayollar sportida tenglikni ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi. Avvalroq esa bu boradagi yakuniy qaror sport federatsiyalari ixtiyorida edi.
AQSHda 2025-yil fevral oyidan boshlab transgender sportchilarning ayollar musobaqalarida ishtirok etishi taqiqlandi. Bu Donald Trampning XOQ darajasida ham taqiqqa erishishga va’da bergan birinchi farmonlaridan biri edi.