Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolani qiynagani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolani qiynagani yuzasidan tekshiruv boshlandi
  • 3
  • 01.07.2026 13:14:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Rayyona Kids xususiy bog‘chasida tarbiyachining bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Videoda tarbiyachi bolalardan birining og‘ziga mato tiqqani, yana birining qo‘lini eshik bilan qisgani ko‘rinadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Bildirilishicha, voqea yuzasidan ishchi guruh tuzilgan, aybdorlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi. Shuningdek, litsenziya talablarini buzgan bog‘chalarning litsenziyasini bekor qilish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News