
- 4
- 01.07.2026 12:56:00
- 1 daq o'qish
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilgan bayram tadbirida iqtidorli yoshlar prezidentga o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etdi.
Tadbir davomida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishi g‘olibi Ayzada Asanova Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Ayzada Asanova Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlovda ishtirok etish yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.