O‘zbekistonda qalbaki 120 ming AQSH dollarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

O‘zbekistonda qalbaki 120 ming AQSH dollarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
  • 0
  • 11.06.2026 17:04:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyati va Navoiyda qalbaki AQSH dollarlarini sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Angren shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaro hamda ikki shaxs 100 dollarlik kupyuralardagi qalbaki 80 ming AQSH dollarini 40 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, mazkur holat Navoiy viloyatida kuzatilib, fuqaro I.Q. fuqaro R.B.ga qalbaki 40 ming AQSH dollarini 28 ming AQSH dollariga sotishga kelishgani aniqlangan. U 10 ming dollarni sotayotgan vaqtida ushlangan. Hozirda, ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda qalbaki pul yasash va uni o‘tkazishga oid moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatalari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News