
- 0
- 11.05.2026 10:36:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolaning o‘yinchoq mashinada yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 8-may kuni soat 12:30 atrofida Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan bolaning otasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, bolaning otasi 1,2 million so‘m jarimaga tortilgan.