Denovda IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Denovda IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
  • 0
  • 08.06.2026 13:57:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha sobiq inspektor-psixolog A.R. 14 yoshga to‘lmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda.
Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish, voyaga yetmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish hamda mansab vakolatini suiiste’mol qilishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov yakunlanib, ayblov xulosasi tasdiqlangan va ish sudda ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Hodisa qachon va qanday sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News