
- 0
- 15.06.2026 10:24:00
- 1 daq o'qish
Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajub FIFA akkreditatsiyasiga ega bo‘lishiga qaramay, AQSHdan viza ololmadi. Shu sababli u Jahon chempionatining AQSHda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarida qatnasha olmayapti.
Rajub turnir o‘yinlarini tomosha qilish uchun xalqaro futbol delegatsiyalari tarkibida AQSHga borishni rejalashtirgan, biroq viza rad etilgach, Meksikada qolishga majbur bo‘lgan. U AQSH qarorini adolatsiz deb atab, bunda siyosiy sabablar borligini ta’kidladi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Jahon chempionati davomida yuz bergan ilk holat emas. Somalilik hakam Omar Abdulkadir Artan hamda ayrim iroqlik futbol vakillari AQSHga kirishda muammolarga duch kelgan.