O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?
  • 1
  • 12.08.2026 12:56:00
  • 1 daq o'qish

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.
Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29-avgust – 1-sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust –1-sentabr) dam oladi:

🔹 29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni
🔹 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni
🔹 31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni
🔹 1-sentabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni

2-sentabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News