Tojikistonda havo shari quladi, uch kishi jarohatlandi

Tojikistonda havo shari quladi, uch kishi jarohatlandi
  • 0
  • 03.06.2026 10:22:00
  • 1 daq o'qish

Tojikistonning Xo‘jand shahrida Bolalar kuni tadbiri davomida O‘zbekistondan olib kelingan havo shari kuchli shamol sabab boshqaruvdan chiqib, binolar ustiga quladi. Hodisa natijasida uch kishi jarohat oldi, ular orasida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-iyun kuni Kamoli Xo‘jandiy teatri yaqinida o‘rnatilgan havo shari kuchli shamol ta’sirida nazoratni yo‘qotib, yaqin atrofdagi turar-joy binolari tomlariga urilgan. Jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib borib, hudud xavfsizligi ta’minlangan.

Hodisa oqibatida bir nechta uylarning tom qismi shikastlangan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News