
- 2
- 28.08.2026 10:22:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonlik Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev akademik eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning yengil vaznli juftliklar (LM2x) dasturida o‘zbekistonlik sportchilar birinchi o‘rinni egalladi.
Bu O‘zbekistonning akademik eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ilk oltin medali bo‘ldi.
Kumush medal Germaniya, bronza esa AQSH vakillariga nasib etdi.
Shahzod Nurmatov chempionlikni O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlaganini aytdi.