
- 0
- 30.06.2026 11:23:00
- 1 daq o'qish
Yevropada kuzatilayotgan anomal jazirama oqibatida 21-iyundan buyon 1300 dan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
Eng ko‘p qurbon Fransiyada qayd etilgan. Mamlakatda 24-iyundan beri kutilganidan qariyb 1000 taga ko‘proq o‘lim holati ro‘yxatga olingan. Qurbonlarning aksariyati 65 yoshdan oshgan fuqarolardir.
So‘nggi kunlarda Germaniya, Polsha va Chexiyada ham harorat rekordlari yangilandi. Ayrim hududlarda havo harorati 41 darajadan oshdi.
JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi tufayli ilgari kam uchraydigan ekstremal jaziramalar endi deyarli har yili takrorlanmoqda. Shu sababli ayrim davlatlarda ommaviy tadbirlar bekor qilinib, favqulodda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.