
- 4
- 08.05.2026 10:24:00
- 1 daq o'qish
Isroilda hantavirus bilan kasallangan ilk bemor ro‘yxatga olindi. Ma’lum qilinishicha, bemor virusni bir necha oy avval Sharqiy Yevropaga qilgan safari davomida yuqtirgan bo‘lishi mumkin.
Dastlabki tahlillarda hantavirus belgilari aniqlangan, keyinchalik PZR-testi orqali kasallik rasman tasdiqlangan. Hozirda bemorning ahvoli barqaror ekani, unga intensiv terapiya talab qilinmayotgani aytilmoqda.
Mutaxassislar aniqlangan virus shtammi avval MV Hondius kruiz kemasida tarqalgan shtammdan farq qilishini ma’lum qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kemada hantavirus sabab uch kishi vafot etgan, yana bir necha odam kasallangan.
Hantavirus odamlarga asosan kemiruvchilardan yuqadi va o‘pka hamda buyrakka jiddiy zarar yetkazishi mumkin.