Yangihayot va Sergeli tumanlarida 4 kun gaz bo‘lmaydi

Yangihayot va Sergeli tumanlarida 4 kun gaz bo‘lmaydi
  • 1
  • 11.08.2026 13:52:00
  • 1 daq o'qish

12-avgustdan 15-avgustgacha Toshkentning Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi ayrim mahallalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududgazta’minot”ga ko‘ra, bu davrda eski gaz taqsimlash punkti hamda yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari olib boriladi. Gaz 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha quyidagi hududlarda o‘chiriladi:

🔹 Yangihayot tumani: “Yo‘ldosh”, “Mash’al”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent”, “Fayzli” va “Chortoq” mahallalari.

🔹 Sergeli tumani: “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Yangi Sergeli”, “Sohibqiron”, “Sofdil”, “So‘g‘diyona”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Saxovat”, “Qipchoq”, “Qut-baraka” va “Daryo bo‘yi” mahallalari.

Gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News