
- 0
- 14.05.2026 18:08:00
- 1 daq o'qish
Surxondaryoda bir guruh shaxslar fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 63 nafar odamdan jami 408,8 ming dollar undirib olgani aniqlandi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, “K.M.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari va uning sheriklari 6 ta viloyatda yashovchi fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyada ish bilan ta’minlashni va’da qilgan.
Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining firibgarlik (168-modda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda.