
- 0
- 22.07.2026 18:12:00
- 1 daq o'qish
Fransiya parlamenti 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash to‘g‘risida qonun qabul qildi. Yangi tartibga ko‘ra, 1-sentabrdan boshlab 15 yoshga to‘lmagan bolalar ijtimoiy tarmoqlarda yangi akkaunt ocholmaydi. Platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshiruvchi maxsus tizimni joriy etishi shart bo‘ladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan 15 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga tegishli mavjud akkauntlarni to‘rt oy ichida o‘chirib tashlash talab etiladi.