
- 3
- 01.07.2026 12:47:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 14 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan to‘rt nafar yigit qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 23, 22, 21 va 20 yoshli gumonlanuvchilar 7-iyun kuni qizni Damas avtomobilida dalaga olib borib, unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi. Ish Tergov departamenti nazoratiga olingan. Bolalar ombudsmani hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlanuvchiga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.