Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 7 yilga qamaldi

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 7 yilga qamaldi
  • 0
  • 27.06.2026 17:02:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiya bilan bog‘liq ish bo‘yicha 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Gon Xi turli masalalarni hal qilib berish evaziga tadbirkorlar va amaldorlardan umumiy qiymati 290 million von (taxminan 190 ming AQSH dollari) bo‘lgan hashamatli sovg‘alar olgan. Ular orasida Dior va Chanel brendlariga mansub sumkalar hamda qimmatbaho zargarlik buyumlari bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidentiga nisbatan 2024-yilda harbiy holat joriy etishga urinish ishi bo‘yicha o‘lim jazosi so‘ralgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News