Qozogʻiston osmonida uchar “likopcha” aniqlandi

Qozogʻiston osmonida uchar “likopcha” aniqlandi
  • 5
  • 11.05.2026 17:46:00
  • 1 daq o'qish

Qo‘stanay viloyatining Rudniy shahrida yashovchi bir erkak, “Noma’lum uchuvchi obyektlar” deb atagan narsalarning video va rasmlarini e’lon qildi. Uning aytishicha, bu obyektlar 10-may kuni kechqurun shahar osmonida paydo bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ushbu obyekt ikkita bo‘lib, birinchisi, yorqin nurli gumbazi pastga qaragan “Likopcha” shaklida bo‘lgan. Ikkinchi obyekt esa, piramida shaklida bo‘lgan ammo qorong‘ulik sabab uning tafsilotlarini aniq ko‘rishning imkoni bo‘lmagan. Har ikki obyekt shahar ustida taxminan 21 daqiqa deyarli qimirlamasdan turib qolgan, shundan keyin bir lahza chaqnab, yo‘qolib ketgan.

Erkak “Halyqstan” jurnalistlariga bu kuzatuvga oldindan tayyorgarlik ko‘rganini aytgan. Uning fikricha, bunday hodisalar deyarli har yili aynan shu vaqtda Rudniy osmonida kuzatiladi. Faqat 2023-yil bundan mustasno bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News