Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining dastlabki yig‘ilishi o‘tkazildi

Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining dastlabki yig‘ilishi o‘tkazildi
  • 2
  • 07.02.2026 19:50:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gor bir yildan kamroq vaqti ichida Oʻzbekistonga ikkinchi marta tashrifini amalga oshirdi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maxsus elchi Serjio Gor bilan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilgani, muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tganini Telegram sahifasida yozib qoldirdi.
Qay etishicha, oldinda har ikki davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, maxsus elchi 3–7-fevral kunlari Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan B5+1 biznes-forumida qatnashishi rejalashtirilgandi.
Forum doirasida u Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston hamda AQSHdan kelgan yuqori lavozimli tadbirkor va siyosatchilar bilan uchrashishi kutilgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Serjio Gor 1986-yil 30-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Uning o‘sha paytdagi to‘liq ismi Sergey Goroxovskiy bo‘lib, buni uning advokati Robert Garson ham tasdiqlagan. Bolaligida Gorning oilasi AQSHga ko‘chib ketgan va u yerda Amerika fuqaroligini olgan va keyinroq siyosatchiga aylangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News