
- 7
- 19.06.2026 14:59:00
- 1 daq o'qish
Tokioning Kita tumanidagi boshlang‘ich maktabda yong‘in chiqishi oqibatida 8 nafar o‘quvchi va 2 nafar o‘qituvchi jarohatlandi. Hodisadan so‘ng maktabdagi 300 nafardan ortiq o‘quvchi evakuatsiya qilindi.
Rasmiylarga ko‘ra, jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir emas, ularning aksariyati tutundan zaharlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘quvchilar yong‘indan qutulish uchun derazalardan chiqib ketishga majbur bo‘lgani aks etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maktabning 4-qavatidagi musiqa xonasida boshlangan. Hodisa sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.