
- 1
- 15.09.2026 13:11:00
- 1 daq o'qish
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neft mahsulotlarini saqlash omborida 15-sentabr kuni yong‘in chiqdi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in ombordagi yoqilg‘i saqlanadigan rezervuarlardan birida sodir bo‘lgan. Uni o‘chirishga 14 ta qutqaruv bo‘linmasi jalb etilib, yong‘in soat 11:18 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida 3 kishi turli darajada kuyish jarohatlarini olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.