
- 0
- 28.07.2026 17:57:00
- 1 daq o'qish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi harbiy va idoraviy xizmat kiyimlariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash formalarni joriy etish yoki ulardan foydalanish uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat organlarining rasmiy harbiy yoki idoraviy formasiga o‘xshash, ularning farqlovchi belgilari va ramzlarini takrorlaydigan kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, bunday kiyimlar fuqarolarni chalg‘itishi, davlat organlari nufuziga putur yetkazishi hamda ayrim shaxslarning o‘zini davlat xodimi sifatida ko‘rsatib, odamlar ishonchini suiiste’mol qilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozircha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan.