
- 1
- 10.03.2026 08:01:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrida 13 yoshli o‘smirlarning avtomobil boshqarib, ichki yo‘llarda yuqori tezlikda harakatlangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Holat yuzasidan mahalla aholisi bolalar yashaydigan uyga borib, ularning otasidan farzandlarini tartibga chaqirishni so‘ragan. Biroq erkak mahalladoshlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinganidan so‘ng otaga nisbatan bolalarga yetarli tarbiya bermaslik hamda mayda bezorilik moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi. Sud qaroriga ko‘ra, u 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ushbu shaxs mamlakatdagi yirik tadbirkorlardan biri — Nozim Azizov hisoblanadi. O‘smirlar boshqargan avtomobillardan biri esa jarima maydonchasiga qo‘yilgan.