“Har bir o‘ldirilgan eronlik uchun qasos olinadi” — Mujtabo Xomanaiy

“Har bir o‘ldirilgan eronlik uchun qasos olinadi” — Mujtabo Xomanaiy
  • 4
  • 13.03.2026 11:00:00
  • 1 daq o'qish

Eronning yangi oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy mamlakatni boshqara boshlaganidan beri ilk bor bayonot berdi. U davlat televideniyesi orqali o‘qib eshittirilgan murojaatda mintaqadagi AQSH harbiy bazalarini zudlik bilan yopishni talab qildi. Xomanaiyning o‘zi kadrda ko‘rinish bermagan.

Xomanaiyga ko‘ra, AQSH bazalari yopilmasa, ularga qarshi hujumlar davom etadi. Hormuz bo‘g‘ozi esa dushmanlarga bosim o‘tkazish vositasi sifatida yopiq qolishini ta’kidladi. Mujtabo Xomanaiy halok bo‘lgan har bir eronlik uchun qasos olinishi va bu kurash oxirigacha davom etishini, Eron dushmanlardan tovon talab qilishini, aks holda ularga jiddiy zarar yetkazilishini ta’kidladi.

Shuningdek, u aholini milliy birlikka chaqirib, mamlakatni parchalanishdan saqlab qolgan Eron harbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News