AQSHda haydovchi avtomobil urib ketishidan soniyalarda qutulib qoldi

AQSHda haydovchi avtomobil urib ketishidan soniyalarda qutulib qoldi
  • 1
  • 06.08.2026 18:08:00
  • 1 daq o'qish

AQSHda mashinasining nosozligi sabab yo‘lda to‘xtab qolgan haydovchi avariyadan mo‘jizaviy tarzda omon qoldi. Aniqlanishicha, erkak mashinasi bilan yo‘l chetida turgan vaqtda yuqori tezlikda harakatlanayotgan avtomobillardan biri to‘satdan boshqaruvni yo‘qotib, u tomonga burilgan. Xavfni so‘nggi lahzada payqagan erkak beton to‘siq ustiga sakrab chiqishga ulgurgan. Avtomobil esa uning mashinasiga borib urilgan. Mazkur holat kuzatuv kameralariga muhrlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News