
- 4
- 05.06.2026 16:47:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyatida eshak go‘shtini noqonuniy saqlash va sotish bilan shug‘ullangan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi.
Birinchi sudlanuvchi o‘z uyida yashirin so‘yish joyi tashkil qilib, turli joylardan eshaklarni olib kelib, ularning go‘shtini sotib kelgan. Tekshiruv davomida uning uyidan 247 kg dan ortiq eshak go‘shti va terilari topilgan. Sudlanuvchi ko‘rsatmasida go‘shtni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozoriga olib borib, it boquvchi shaxslarga sotganini aytgan. Shuningdek, bu ishga turmush o‘rtog‘ining og‘ir xastaligi — bosh miya saratoni sabab bo‘lganini bildirgan. Ikkinchi shaxs esa “Karvon” mol bozorida ruxsatsiz go‘sht savdosi bilan shug‘ullangan va undan ham katta miqdorda eshak go‘shti musodara qilingan.
Sud jarayonida ular o‘zaro jinoiy guruh sifatida ishlagani isbotlanmagan, shuning uchun har biri alohida javobgarlikka tortilgan va birinchisi 3 yil 25 kun, ikkinchisi esa 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.