Buxoroda ikki hindistonlik talabaning janjali o‘lim bilan tugadi

Buxoroda ikki hindistonlik talabaning janjali o‘lim bilan tugadi
  • 0
  • 07.07.2026 17:58:00
  • 1 daq o'qish

Buxoro viloyatidagi tibbiyot oliygohida o‘qiydigan hindistonlik yigit 22 yoshli vatandoshining boshiga noutbuk bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Hindistonning “Onmanorama” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, marhuma Savariya Kerala shtatining Alappuja tumanidan, uning o‘limida gumonlanayotgan talaba esa Malappuram tumanida tug‘ilgan 23 yoshli Sadharul Anam. Gumondor talaba yigit huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ikki talaba o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal vaqtida yuz bergan. Yigit qizning boshiga noutbuk bilan urganidan keyin jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq, talaba qiz ichki qon ketishi oqibatida vafot etgan.
Hozirda yigitga nisbatan tergov olib borilmoqda. Nashrning yozishicha, marhumaning jasadi Hindistonga olib ketilgan va tez orada tug‘ilib o‘sgan joyida dafn etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News