
- 17
- 03.10.2026 18:09:00
- 1 daq o'qish
Flydubai samolyotida kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi 29 yoshli Ummon fuqarosi Hammam al-Hammami ekani xabar qilindi.
AQSh manbalariga ko‘ra, al-Hammami 2024-yilda Oman Air’da ikkinchi uchuvchi-stajyor bo‘lib ishlagan. Shu davrda undan ekstremistik mazmundagi materiallar topilgani sababli parvozlardan chetlatilgan. Keyinchalik u aviakompaniyada boshqa lavozimda ishlagani aytilmoqda.
BAA Bosh prokurorining ma’lum qilishicha, Flydubai reysida al-Hammami kabinada kapitan Smit Machchharga favqulodda vaziyatlarda foydalaniladigan bolta bilan hujum qilgan va samolyot boshqaruvini egallashga uringan.
Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda. Rasmiylar hujumning sababi va boshqa shaxslar bilan aloqasi bor-yo‘qligini aniqlamoqda.