Qashqadaryoda Damas haydovchisi itni mashinaga bog‘lab sudradi

Qashqadaryoda Damas haydovchisi itni mashinaga bog‘lab sudradi
  • 0
  • 25.07.2026 17:18:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida Damas haydovchisi itni mashinaga bog‘lab sudrab ketayotgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Videoda orqada harakatlanayotgan boshqa avtomobildagi fuqarolar uni to‘xtatishga uringani, biroq haydovchi harakatini davom ettirgani aks etgan.
Ma’lum qilinishicha, erkak o‘lgan itni Damas avtomobiliga bog‘lab sudragan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun JIB Qamashi tuman sudiga yuborilgan. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News