
- 3
- 06.03.2026 15:05:00
- 1 daq o'qish
2-mart kuni Istanbuldagi Borsa kasb-hunar va texnika Anadolu litseyida 17 yoshli o‘quvchi o‘qituvchi Fotima Nur Chelikni pichoqlab, o‘ldirdi. Hodisa vaqtida uni to‘xtatishga uringan boshqa o‘qituvchi va 15 yoshli o‘quvchi ham jarohatlangan. Fotima Nur Chelik shifoxonada vafot etdi, qolganlar davolanishda davom etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan o‘quvchi ikki kun oldin ruhiy shifoxonadan chiqqan va maktab jadvalini oldindan o‘rganib, Fotima Nurning qaysi sinfda bo‘lishini aniqlab, reja tuzgan. 17 yoshli qotil avval ham boshqa janjalga aralashgan, marhuma esa Intizom qo‘mitasining yig‘ilishda ushbu o‘quvchi haqida so‘z ochib, “hayotimiz xavf ostida”, deya ogohlantirgan.
Hodisa butun Turkiyani larzaga soldi. Litseyda darslarga bir kunlik tanaffus berildi, xavfsizlik choralari kuchaytirildi, o‘qituvchilar esa bir kunlik ish tashlash o‘tkazdi.
O‘quvchi qamoqqa olingan.