
- 0
- 08.08.2026 18:24:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi ish boshladi. Unga tilshunos, jurnalist va bloger Eldor Asanov rahbar bo‘ldi.
Kengashni tashkil etish tashabbusi 2026-yil 3-iyun kuni “Loyihalar kuni” tadbirida ilgari surilgan. Uning asosiy maqsadi — blogerlarning kasbiy salohiyatini oshirish, media savodxonligini rivojlantirish, yosh va iqtidorli kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash.
Kengash faoliyati doirasida blogerlar, jurnalistlar va media mutaxassislari bilan fikr almashish, zamonaviy media uchun mas’uliyatli va sifatli kontent yaratishni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.