
- 1
- 11.08.2026 13:42:00
- 1 daq o'qish
Turkiyadagi Badara yaylovida piknik qilayotgan oilaning dasturxoniga yaylovda o‘tlab yurgan qoramollar bostirib keldi. Oziq-ovqat hidini sezgan sigir va buqalar dasturxonga yaqinlashib, taomlardan yeyishga urindi. Oila a’zolari esa ovqatlarini hayvonlarga berib qo‘ymaslik uchun ularni haydashga harakat qildi. Piknikchilar va qoramollar o‘rtasidagi kulgili “quvlashmachoq” atrofdagi dam oluvchilarda tabassum uyg‘otdi.