Yangi Namangan shaharchasida IT-park qurilishiga start berildi

Yangi Namangan shaharchasida IT-park qurilishiga start berildi
  • 5
  • 23.06.2026 14:26:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan shaharchasida zamonaviy IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimiga ishtirok etdi. Qayd etilishicha, yil boshidan buyon Namangan viloyatiga 2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan. Shuningdek, Xitoy, Turkiya, Hindiston va Rossiya hamkorlari bilan amalga oshirilgan 1,8 milliard dollarlik 20 ta yangi loyiha ishga tushirilmoqda. Ushbu loyihalar natijasida 6,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, 30 dan ortiq yangi mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 117 million dollarlik loyiha doirasida Yangi Namangan, Samarqand, Chirchiq, Nurafshon, Urganch va Navoiy shaharlarida IT-parklar barpo etiladi. Yangi Namangandagi majmua ushbu loyihaning ilk bosqichi hisoblanadi.

Loyihaga ko‘ra, 1,7 gektar maydonda 17 qavatli zamonaviy bino quriladi. Majmuada ta’lim va eksport markazlari, kovorking hamda ofis maydonlari, startap akseleratori va xorijiy kompaniyalar uchun xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Maydoni qariyb 18 ming kvadrat metr bo‘lgan IT-parkda o‘nlab kompaniyalar va startaplar faoliyat yuritishi, 2 mingga yaqin yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Loyiha ishga tushgach, viloyatda IT xizmatlari hajmini yiliga 500 milliard so‘mga, eksport hajmini esa, 30 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tadbir yakunida Prezident Yangi Namangan IT-parki qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Shuningdek, viloyatda amalga oshiriladigan qator yangi investitsiya va qurilish loyihalariga ham start berildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News