Xitoylik aktrisa qo‘lidagi sumkasi bilan ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

Xitoylik aktrisa qo‘lidagi sumkasi bilan ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi
  • 0
  • 14.03.2026 10:24:00
  • 1 daq o'qish

26 yoshli xitoylik aktrisa Chan Szini Pekindagi xalqaro kinofestivalda qo‘lida “paket” bilan qizil gilamga chiqib, dunyo e’tiborini tortdi.
Dastlab bu “paketni” oddiy sellofan paket deb o‘ylashdi. Tarmoq foydalanuvchilari esa “biz shunday qimmat sumkalarga chiqindi tashlaymiz” deya kulgili izohlar yozishdi.
Aktrisaning sumkasi aslida Balenciaga brendining moda olamida dizayni bilan bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan mashhur “Trash Pouch” modelidagi sumka bo‘lib, uning narxi taxminan 1,790 dollar. Lekin ba’zilar buni Balenciaga brendi sumkasi desa, ba’zilar hali ham oddiy paket ekanini iddao qilmoqda. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News