Xitoyda “Wednesday” filmidagi “Thing” kabi mustaqil harakatlana oladigan bionik qo‘l yaratildi

Xitoyda “Wednesday” filmidagi “Thing” kabi mustaqil harakatlana oladigan bionik qo‘l yaratildi
  • 0
  • 22.07.2026 18:15:00
  • 1 daq o'qish

Xitoyning BrainCo kompaniyasi Jahon sun’iy intellekt konferensiyasida yangi bionik qo‘lni namoyish etdi. U foydalanuvchi tanasidan ajratilgandan keyin ham simsiz boshqaruv orqali harakatlana oladi.
Qo‘l mushak va nervlardan keladigan elektr signallarini qabul qiladi. Sun’iy intellekt bu signallarni bir zumda tahlil qilib, protezga harakat buyruqlarini uzatadi. Shu sababli har bir barmoqni alohida va aniq boshqarish mumkin. U asosan, qo‘li amputatsiya qilingan insonlarga kundalik hayotda qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News