10-qavat derazasidan tashqariga chiqib olgan bola qutqarildi

10-qavat derazasidan tashqariga chiqib olgan bola qutqarildi
  • 0
  • 31.07.2026 18:59:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonning Oqtov shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida 10-qavat derazasidan tashqariga chiqib olgan 5 yoshli bola qutqarib qolindi.

Guvohlar ochiq derazada oyoqlarini osiltirib o‘tirgan bolani ko‘rib, politsiyaga xabar bergan. Huquq-tartibot xodimlari voqea joyiga yetib kelganida, bola derazaning tashqi romida tik turgan bo‘lgan. Politsiyachilar zudlik bilan xonadonga kirib, bolani xavfsiz tarzda ichkariga olib kirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi o‘sha vaqtda uxlab yotgan. Uning aytishicha, u o‘g‘li bilan dam olayotgan bo‘lgan, bola esa uyg‘onib, o‘zi derazadan tashqariga chiqib ketgan. Hodisadan so‘ng Qozog‘iston politsiyasi ota-onalarni bolalarni ochiq derazalar yonida qarovsiz qoldirmaslikka, derazalarga bolalar uchun himoya qulflari o‘rnatishga va mebellarni deraza oldiga qo‘ymaslikka chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News