
- 0
- 03.08.2026 17:26:00
- 1 daq o'qish
Rossiyadagi prokuratura binosi oldida terakt sodir etishni rejalashtirgan 25 yoshli Markaziy Osiyo fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
U Rossiyada taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdori bo‘lgan va Suriyadagi kurator ko‘rsatmasi asosida portlash tayyorlagan. Teraktdan so‘ng esa Suriyaga borib, terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aytilmoqda.
Tintuv davomida undan qo‘lbola portlovchi qurilma tayyorlash uchun mo‘ljallangan qismlar, kimyoviy moddalar va shikast yetkazuvchi elementlar musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining teraktga tayyorgarlik ko‘rish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.