90 yoshli ayolga zulm qilgan xizmatchi sudlandi

90 yoshli ayolga zulm qilgan xizmatchi sudlandi
  • 0
  • 10.07.2026 18:34:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 90 yoshli ayolni bir necha oy davomida muntazam ravishda kaltaklab kelgan parvarishchi ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ma’lum bo‘lishicha, xizmatchi 2025-yil oktyabr oyida ishga olingan. Ayol hojatxonada kuzatuv kameralari yo‘q deb o‘ylagan va jabrlanuvchining gapira olmasligidan foydalanib, uni muntazam ravishda kaltaklab kelgan. Zo‘ravonlik holatlari 2026-yil 19-mart kuni oila a’zolari buvining g‘ayrioddiy xatti-harakatlaridan shubhalanib, yashirin kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlarni tekshirganidan so‘ng, fosh bo‘lgan. Sud-tibbiy ekspertizasi jabrlanuvchining bosh yumshoq to‘qimalari lat yeganini, bir ko‘ziga qon quyilganini, shuningdek, yuzi hamda qo‘l-oyoqlarida ko‘plab ko‘karishlar borligini aniqlagan.

Sud majlisida ayblanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, o‘z harakatlarini charchoq bilan izohlagan. Ayol Jinoyat kodeksining 110-moddasi bilan aybdor deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News