
- 1
- 10.08.2026 14:25:00
- 1 daq o'qish
Tailandning Kanchanaburi provinsiyasida avtomobil boshqaruvdan chiqib, bolalar bog‘chasiga urildi. Hodisa vaqtida bog‘chada 34 nafar bola bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida 15 nafar bola turli darajada jarohatlandi. Ular shifoxonaga olib ketilgan, hozir barchasining ahvoli barqaror. Politsiya avtomobil nima sababdan boshqaruvdan chiqib ketganini aniqlamoqda.