Kannavaro JCH-2026'da ko‘p maosh oluvchi murabbiylar beshtaligiga kirdi

Kannavaro JCH-2026'da ko‘p maosh oluvchi murabbiylar beshtaligiga kirdi
  • 4
  • 12.06.2026 18:11:00
  • 1 daq o'qish

2026-yilgi Jahon chempionatida ishlaydigan eng yuqori maoshli murabbiylar reytingi e’lon qilindi. Finance Football nashriga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yiliga 10 million yevro daromad bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rindan Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsman 7 mln yevro, uchinchi pog‘onadan esa, AQSH terma jamoasi murabbiyi Maurisio Pochettino 6 mln yevro joy olgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro esa, 4 million yevrolik daromad bilan beshinchi o‘ringa qo‘yildi. Uning daromadi Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Roberto Martines bilan reytingda bir xil o‘rinda qayd etilgan. Ma’lumot o‘rnida, Kannavaro maosh bo‘yicha Dide Desham, Ronald Kuman, Lionel Skaloni va Luis de la Fuente kabi nomdor mutaxassislarni ortda qoldirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News