
- 3
- 21.07.2026 18:56:00
- 1 daq o'qish
Toshkent viloyati shaharlarida avtobus yo‘lkirasi narxi oshirildi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 20-iyuldagi qarorida ma’lum qilindi. Qarorga ko‘ra, transport yoki bank kartasi bilan yo‘l haqi 2000 so‘m, naqd pulda esa 2600 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun muddatli tarif rejalari ham joriy etildi:
• 1 kunlik tarif — 8 ming so‘m;
• 5 kunlik — 34 ming so‘m;
• 7 kunlik — 51 ming so‘m;
• 30 kunlik — 200 ming so‘m;
• 90 kunlik — 600 ming so‘m;
• 180 kunlik — 1,2 mln so‘m;
• 365 kunlik — 2,4 mln so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari, transport kartasi orqali to‘lov qilgan yo‘lovchilar uchun transfer imkoniyati ham yaratildi. Endilikda, yo‘lovchilar birinchi avtobus uchun 2000 so‘m, bir soat ichida ikkinchi avtobusga o‘tganda 1000 so‘m to‘lasa, undan keyingi avtobuslarda esa qo‘shimcha to‘lov olinmaydi.
Shuningdek, Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida bosqichma-bosqich infokiosklar o‘rnatilib, transport kartalarini pochta bo‘limlari hamda ATTO operatori filiallari orqali xarid qilish imkoniyati yaratildi.