
- 0
- 03.06.2026 11:57:00
- 1 daq o'qish
Yaponiyaning Fukusima shahrida ayiq sanoat korxonasi hududiga kirib, to‘rt kishiga hujum qildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayiq dastlab metallurgiya zavodining ikki nafar xodimiga hujum qilgan. Shundan so‘ng u turar joy hududiga o‘tib, bir ayol va ofis binosidagi yana bir erkakka jarohat yetkazgan.
Politsiya ayiq hanuzgacha shahar hududida bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Shu sababli mahalliy maktablarda darslar bekor qilingan, aholidan esa ehtiyotkor bo‘lish va yolg‘iz yurmaslik so‘ralgan.