Aziz Hakimov 4 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Aziz Hakimov 4 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi
  • 1
  • 12.08.2026 12:54:00
  • 1 daq o'qish

Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga qarshi chiqishlari va sovet davri targ‘iboti bilan shug‘ullangan bloger Aziz Hakimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi.
Sud uni tuhmat, haqorat qilish hamda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi va 4 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Shu bilan birga, sud Hakimovni urushni targ‘ib qilish ayblovi bo‘yicha oqladi. U yuritgan “Comrade_Aziz” Telegram kanali esa bloklanadi. Ish bo‘yicha 6 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi berildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News