Ariana Grande Oq uydan uning qo‘shiqlaridan foydalanmaslikni talab qildi

Ariana Grande Oq uydan uning qo‘shiqlaridan foydalanmaslikni talab qildi
  • 0
  • 12.06.2026 18:13:00
  • 1 daq o'qish

Amerikalik xonanda Ariana Grande Oq uydan o‘z qo‘shig‘ini siyosiy mazmundagi videolarda ishlatmaslikni so‘radi. Bu holat Oq uy immigratsiya siyosatiga oid videoda uning “Bye” qo‘shig‘i fon musiqasi sifatida qo‘llanganidan keyin yuzaga keldi.
TikTok’da e’lon qilingan videoda chegarachilar hibsga olish jarayonida tasvirlangan bo‘lib, unga “AQSH chegarasi tarixdagi eng xavfsizi” degan izoh yozilgan. Grande esa post ostida bu holatni tanqid qilib, o‘z musiqasini “bunday vahshiyona, g‘ayriinsoniy va jirkanch mazmunga aralashtirmaslikni” so‘ragan.
Keyinchalik xonandaning izohi o‘chirib tashlangan, videodagi musiqa ham olib tashlangan.
Oq uy vakillari esa immigratsiya siyosatini himoya qilib, bu choralar mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilganini bildirgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News