
- 0
- 28.04.2026 11:24:00
- 1 daq o'qish
Andijondagi Bobur istirohat bogʻida attraksion qulab tushdi. 26-aprel kuni sodir bo‘lgan hodisada attraksion zanjiri uzilib, temir konstruksiyasi sinib ketgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa jarohatlanganlar soni ko‘proq ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan aniqlashtirish ishlari olib borilmoqda.