Texnikum bitiruvchilarini 2-kursga qabul qilish boshlandi

Texnikum bitiruvchilarini 2-kursga qabul qilish boshlandi
  • 0
  • 06.07.2026 14:12:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yilning 5-iyulidan texnikumni tugatgan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish boshlandi. Hujjatlar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Ariza topshirishda diplomning asl nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Abituriyent faqat shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritadi, qolgan zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik to‘ldiriladi.

Mazkur tartib texnikumni o‘qish davomida asosan 4 va 5 baholar bilan tamomlagan, baholarining kamida 50%i (tibbiyot yo‘nalishlarida 85%i) 5 baho bo‘lgan bitiruvchilarga tatbiq etiladi. Suhbat yakunida komissiya a’zolari bergan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi va to‘lov-kontrakt asosida 2-kursga o‘qishga qabul qilinadi. Oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun ushbu tartib amal qilmaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News