
- 0
- 28.07.2026 17:51:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrida yo‘llarda xavfli manyovrlar qilib, videolarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan 17 yoshli yigit aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u avtomobilni hech qanday hujjatsiz ijaraga olgan va haydovchilik guvohnomasiga ham ega bo‘lmagan. Yigit xavfli harakatlarni poytaxtning bir nechta ko‘chalarida amalga oshirganini tan olgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128¹⁰-moddasi (“Yo‘l bezoriligi”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Mazkur modda bo‘yicha huquqbuzarga BHMning 50 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.