Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
  • 0
  • 23.03.2026 11:44:00
  • 1 daq o'qish

Kecha, 22-mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida o‘tgan Angliya Liga Kubogi finalida “Manchester Siti” “Arsenal” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning hal qiluvchi gollari ikkinchi bo‘limda kiritildi. “Siti” futbolchisi Niko O’Rayli 60 va 64-daqiqalarda dubl qayd etdi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Bu uning “Manchester Siti” safidagi ilk sovrini bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba bilan “Manchester Siti” o‘z tarixida 9-marta Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News